Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?

1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?

2023-yil 1-fevraldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy o‘zgarishlar sharhi Norma.uz portali tomonidan taqdim etildi.

Advokatlik orderlari elektronlashtiriladi

Advokatlik tuzilmalari tomonidan advokatlarga muayyan ishni olib borish uchun beriladigan an’anaviy shakldagi order maqomiga teng bo‘lgan maxsus QR-kod qo‘yilgan «Elektron advokatlik orderi» beriladi. Shuningdek:

  • ushbu order haqidagi ma’lumotni «Yuridik yordam» axborot tizimiga kiritish majburiy hisoblanadi;
  • advokat so‘rovi shakliga qo‘yilgan talablar, shu jumladan, unga orderning ko‘chirma nusxasini ilova qilish, orderni qayd etish daftarini yuritish talablari bekor qilinadi.

Ayrim tadbirkorlik sub’yektlari Savdo-sanoat palatasining a’zolik badallaridan ozod qilinadi

Mikro, kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’yektlari Palata a’zoligiga, a’zolik va kirish badallaridan ozod qilingan holda, tekin qabul qilinadi hamda qonunda nazarda tutilgan a’zolik bilan bog‘liq Palata xizmatlaridan to‘laqonli foydalanish huquqiga ega, Palata tomonidan ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha pullik xizmatlar bundan mustasno.

Qimmatbaho metallarni sotuvchi YaTTlarga bank kafolati taqdim etiladi

Qimmatbaho metallarni tovar-xomashyo birjasi orqali kechiktirib to‘lash sharti bilan sotganda:

  •  sotib olingan qimmatbaho metallar uchun to‘lov majburiyatlarini «O‘zmilliybank» AJning kafolati bilan bir qatorda boshqa banklarning kafolatlari hamda tegishli tashkilotning kafilligi bilan ham ta’minlashga;
  •  bank kafolatini zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi YaTTlarga ham berishga;
  •  to‘lov majburiyatlarini ta’minlash maqsadida beriladigan bank kafolati bo‘yicha xizmat haqini taraflarning kelishuviga asosan qat’iy miqdordagi summada belgilashga ruxsat etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring