1 kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushadi?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bir kilogramm palovning hududlar kesimida hisoblangan qiymatlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi (2025 yil iyun):
- Qoraqalpog‘iston R. — 97 684 so‘m
- Andijon viloyati — 104 449 so‘m
- Sirdaryo viloyati — 104 623 so‘m
- Xorazm viloyati — 105 215 so‘m
- Buxoro viloyati — 107 405 so‘m
- Namangan viloyati — 108 385 so‘m
- Navoiy viloyati — 108 612 so‘m
- Jizzax viloyati — 108 900 so‘m
- Surxondaryo viloyati — 109 678 so‘m
- Qashqadaryo viloyati — 110 211 so‘m
- Samarqand viloyati — 111 681 so‘m
- Toshkent viloyati — 112 192 so‘m
- Farg‘ona viloyati — 114 390 so‘m
- Toshkent shahri — 116 267 so‘m
Bir kilogramm palov uchun kerakli mahsulotlar:
- kungaboqar yog‘i — 0,3 l
- piyoz — 300 gr
- mol go‘shti — 700 gr
- sabzi — 1 kg
- guruch — 1 kg
- no‘xat — 100 gr
- zira — 10 gr
- osh tuzi — 20 gr
Eslatma: yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palovning narxiga to‘g‘ri kelmaydi. Ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qo‘shib hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter