Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-maydan Toshkent metrosi «Yer usti halqa yo‘li»ning ish vaqti o‘zgardi

1-maydan Toshkent metrosi «Yer usti halqa yo‘li»ning ish vaqti o‘zgardi

Foto: Xabar.uz

Toshkent metropolitenida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish vaqti kengaytirildi. «Toshkent metropoliteni» DUK ma’lum qilishicha, 2026-yil 1-maydan boshlab «Yer usti halqa yo‘li» yo‘nalishida poyezdlar harakati ertalab soat 05:00 dan yo‘lga qo‘yildi.

Avval mazkur yo‘nalishda poyezdlar 06:00 dan 23:00 gacha harakatlanar edi. Yangi tartibga ko‘ra, harakat vaqti bir soatga ertaroq boshlanib, kechqurun soat 23:00 gacha davom etadi.

Ma’lumot uchun, metropolitenning boshqa yo‘nalishlarida amaldagi jadval saqlanib qolgan. Jumladan, Chilonzor, O‘zbekiston va Yunusobod yo‘nalishlarida poyezdlar har kuni soat 05:00 dan tungi 00:00 gacha harakatlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring