O‘zbekistonga bugun ham yana 1 million doza vaksina olib kelindi

Bugun yurtimizga yana 1 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi. Bu ushbu vaksinaning yurtimizga keltirilgan 7-partiyasi bo‘lib, xuddi shuncha miqdorda kecha ham keltirilgan edi.
Bundan avval ZF-UZ-VAC2001ning:
- 27 martda — 1 million doza,
- 27 aprelda — 1 million doza,
- 18 mayda — 1 million doza,
- 19 mayda — 500 ming doza,
- 10 iyunda — 1 million doza,
- 28 iyunda — 1 million doza partiyalari keltirilgan.
Shunday qilib, O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 7,4 million dozaga yetmoqda. Ayni paytga qadar shundan 3,5 million dozadan ortig‘i vaksinatsiya jarayonlarida qo‘llanildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter