Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

10 yoshli qiz ilmiy daraja oldi: u Marsni egallamoqchi

10 yoshli qiz ilmiy daraja oldi: u Marsni egallamoqchi

Foto: «Daily Star»

IQ darajasi Albert Eynshteyn va Stiven Xokingdan yuqori bo‘lgan meksikalik qizcha kosmonavt bo‘lib, Marsni o‘zlashtirmoqchi. Bu haqda «Daily Star» xabar bermoqda.

O‘n yoshli Adxara Peres Sanches uch yoshida o‘qishni o‘rgangan. O‘shandayoq u katta pazllarni to‘plashni va algebrani o‘rgana boshlagan. Maktabda tengdoshlari Sanchesni g‘alati va tentakka chiqarishgan. Qizcha ko‘p vaqtini Mendeleyev davriy jadvalini o‘rganishga bag‘ishlagan.

Adxara maktabga borishni xohlamayotganini aytganda onasi unga mos ta’lim dasturini izlashga tushdi. U mutaxassislar bilan maslahatlashdi. Ular bolaning IQ darajasi 162 birlikni tashkil etishini aniqladilar: bu Albert Eynshteyn va Stiven Xoking kabi taniqli daholarning IQ darajasidan ham yuqori degani. Ko‘p o‘tmay Sanches uchun maxsus o‘quv dasturi ishlab chiqildi. Qizcha maktab o‘quv dasturini tezda o‘zlashtirdi va o‘n yoshida tizimli muhandislik va sanoat muhandisligi bo‘yicha ilmiy darajalarga ega bo‘ldi.

Hozir Adxara Arizona universitetiga o‘qishga kirmoqchi. U yerda NASA mutaxassislarining e’tiborini tortib, kosmik tadqiqotlar dasturida ishtirok etish niyatida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sanches IQ darajasi bu darajada yuqori bo‘lgan yagona bola emas. 2019-yilda Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida o‘n yoshli Freya Mangotra ham IQ testida 162 ball to‘plagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring