Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

12 yildan so‘ng... «Chorsu» mehmonxonasi ishga tushirilishiga oz qoldi

12 yildan so‘ng... «Chorsu» mehmonxonasi ishga tushirilishiga oz qoldi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahar Shayxontohur tumani hokimi Bahodir G‘oyibnazarov uzoq yillardan buyon faoliyat yuritmay kelayotgan «Chorsu» mehmonxonasi haqida ma’lumot berdi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Qayd etilishicha, turk investorlari uni kapital rekonstruksiya qilishadi. Bu borada tegishli kelishuvlar amalga oshirilgan. Yaqin kunlar ichida dastlabki harakatlar boshlanadi. Mehmonxona 2019-yilgacha ishga tushirilishi aytildi.

Bir paytlar poytaxt ko‘rki hisoblangan muhtasham «Chorsu» mehmonxonasi so‘nggi 12 yilda deyarli qarovsiz holga kelib qolgan edi. Endilikda turizmni rivojlantirish, poytaxtda ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish jarayonida mazkur mehmonxona ham qaddini tiklab, sayyohlar va shahrimiz mehmonlarining so‘lim go‘shasiga aylantiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring