Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

12 yoshli qiz yonayotgan uydan egizaklarni olib chiqdi

12 yoshli qiz yonayotgan uydan egizaklarni olib chiqdi

12 yoshli qiz 1 yoshli egizak aka-ukalarni olov ichidan olib chiqdi. Bu voqea 15 iyul kuni Chimkent shahrida sodir bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ota-ona bolalarini uxlash uchun yotqizib, o‘zlari sut uchun qo‘shni hovliga chiqishgan.

Qahramon qizchaning so‘zlariga ko‘ra, u stul yona boshlaganida falokatni sezib qolgan. Qiz olovni o‘chirmoqchi bo‘ladi, lekin alanga juda kuchli edi. Shuning uchun qizcha birinchi bo‘lib egizaklardan birini ko‘chaga olib chiqadi. Keyin u ikkinchisini olib chiqish uchun qaytib keladi.

Shahar FVX ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘inga konditsionerning qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring