Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

14 nafar o‘quvchi saralandi. Ularning har biriga o‘qish davomida kompyuter hamda oylik yo‘l chiptasi beriladi

14 nafar o‘quvchi saralandi. Ularning har biriga o‘qish davomida kompyuter hamda oylik yo‘l chiptasi beriladi

Foto: «Inha.uz»

Kecha poytaxtimizdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 2017-2018 o‘quv yili uchun 10-sinfga kirish imtihonlarini o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 sentyabrdagi qarori asosida tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktabda davlat umumiy o‘rta ta’lim standartlari asosida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng jalb qilingan holda matematika, fizika, informatika va chet tili fanlari chuqur o‘rgatiladi. Maktabning nizomiga ko‘ra, ta’lim o‘zbek tilida olib boriladi.

2017 yilning dekabr oyidan 2018 yilning yanvar oyiga qadar ixtisoslashtirilgan maktab 10 sinfga tanlov asosida qo‘shimcha o‘quvchilarni qabul qilish jarayonini o‘tkazdi.

Kirish imtihonlarida qatnashish uchun 100 nafardan ziyod o‘quvchilar hujjat topshirishdi. Ular 7 yanvar kuni o‘tkazilgan kirish imtihonlarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldilar.

Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida o‘tgan imtihonda yoshlar matematika, fizika va ingliz tilidan sinovdan o‘tdilar. Imtihon 2 soat-u 20 daqiqa davom etdi.

Foto: «Inha.uz»

Ota-onalar kutish hududida imtihon jarayonlarini onlayn kuzatib borishdi. Shuningdek, universitetning «Facebook»dagi sahifasi orqali ham imtihon jarayonlarini onlayn kuzati imkoni yaratildi.

Kirish imtihonlari yakunlariga ko‘ra, ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinfiga 14 nafar o‘quvchilar qabul qilindi. Ushbu o‘quvchilar bir qator imtiyozlarga ega bo‘ladilar.

Jumladan, har bir o‘quvchiga oylik yo‘l chiptasi hamda o‘qish davomida foydalanish uchun kompyuter beriladi. Bundan tashqari fizika, matematika va ingliz tilidan Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘qituvchilaridan qo‘shimcha darslarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ushbu aksiya 2018 yil yurtimizda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» deb nomlanishi munosabati bilan va yoshlarga ta’lim olishlari uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida tashkil etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring