Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

14 yoshli bola koronavirusdan vafot etgani aytilmoqda. Lekin...

14 yoshli bola koronavirusdan vafot etgani aytilmoqda. Lekin...

Illyustrativ foto

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda shtab azosi Habibulla Oqilov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida koronavirusdan vafot etganlar orasida 14 yoshli fuqaro borligini aytib o‘tgani, lekin Sog‘liqni saqlash vazirligi bunday ma’lumot bermagani, nega koronavirusdan vafot etganlar soni aniq aytilmasdan, kamaytirilib ko‘rsatilyapti degan savol berildi.

➖ Koronavirusga qarshi kurashish shtabi vakili, Toshkent shifokorlar malakasini oshirish instituti rektori, professor Habibulla Oqilov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida bizda vafot etganlarning 13 foizini 40 yoshgacha bo‘lgan insonlar tashkil etishi xaqida gapirdi. Afsuski, vafot etganlar orasida 14 yoshli bola (20 yoshgacha bo‘lganlar — 3 foiz) ham bor deb o‘tdi.

Shu kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi ham kasallikdan vafot etganlarni sonini yashirmay to‘g‘ri ma’lumot taqdim etgan. Yana qaytarib aytaman, respublikamizda kasallanganlar va vafot etayotganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniq, shaffof holda fuqarolarga yetkazilmoqda, — dedi Nurmat Otabekov.

Lekin... Sog‘liqni saqlash vazirligi shu vaqtga qadar koronavirusdan o‘lim qayd etilgan 61 nafar holat haqida ma’lumot bergan bo‘lsa, ular orasida 14 yoshli bemorning vafot etgani haqida aytilmadi (Habibulla Oqilovning intervyusidan keyin oradan besh kun o‘tgan bo‘lsa ham). Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, shu paytgacha qayd etilgan eng yosh qurbon Jizzax shahrida yashovchi 28 yoshli ayol bo‘lib turibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring