Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

16 yoshli o‘quvchi uch kunda o‘z kuchi bilan millioner bo‘ldi

16 yoshli o‘quvchi uch kunda o‘z kuchi bilan millioner bo‘ldi

O‘yindan skrinshot

16 yoshli o‘quvchi Robloxda 11 mln dollardan ko‘proq pul ishladi — u Grow a Garden ferma simulyatorini yaratish uchun atigi uch kun vaqt sarfladi.

Ekinlarni yetishtirish va sotish haqidagi o‘yin juda ommalashib ketdi: hozirgacha 21,6 million foydalanuvchi o‘ynadi — bu Fortnite, Dota 2 va CS2 ni qo‘shib hisoblagandan ham ko‘p!

O‘yin konsepsiyasini Yangi Zelandiya studiyasi sotib oldi, ammo maktab o‘quvchisi o‘yin huquqining 50 foizini saqlab qoldi.

Ma’lumot uchun: Roblox — o‘yinlar o‘ynash uchun onlayn-platforma hamda o‘yinlar yaratish uchun tizim. Istalgan foydalanuvchi platformada o‘z o‘yinini yaratishi yoki boshqalarning o‘yinlarini o‘ynashi mumkin. Janrlar juda ko‘p. 2020-yilning avgust holatiga Roblox platformasining oylik faol foydalanuvchilari 164 mln nafardan, 2021-oktyabrida 226 mln nafardan oshgan. Amerikalik 16 yoshgacha bolalarning yarmidan ko‘pi Robloxda o‘ynaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring