18 yilda birinchi marta besh sayyora bir chiziqda saflanmoqda
Astronomlar tungi osmon bezagiga aylanuvchi noyob hodisa — «sayyoralar paradi» boshlanishidan xabar berishdi: 18 yilda ilk marta Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturn bir chiziqda joylashadi. Hodisa 24 iyun soat 4:10 dan boshlanadi, deb yozdi Science Focus.
Durbin yoki teleskopda Venera va Oy o‘rtasidagi Uranni ko‘rish mumkin. Bir necha oy davomida sayyoralar tarqalishni boshlaydi.
Sayyoralar so‘nggi marotaba 2004-yilda shu taxlit saflanishgan, keyingi «parad» — 2040-yilda.
Sayyoralar paradining o‘ziga xosligi — yorqinligi. Osmon ochiq bo‘lsa hodisani hatto katta shaharlarda ham kuzatish mumkin.
Dastlab Saturn, undan so‘ng esa tungi osmondagi eng yorqin yulduz — Siriusdan ikki karra yorug‘roq Yupiter paydo bo‘ladi. So‘ngra Mars safga qo‘shiladi. To‘rtinchi bo‘lib qo‘shilgan Venera paradning eng yorqin obyektiga aylanadi. Eng oxirida — mitti Merkuriy.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter