Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2020-yil birinchi yarmida eng ko‘p sotilgan smartfonlar (reyting)

2020-yil birinchi yarmida eng ko‘p sotilgan smartfonlar (reyting)

Foto: «360tv.ru»

2020-yilning birinchi yarmida eng ommalashgan smartfonlar ma’lum bo‘ldi. Hisobot «Omdia» tahlil kompaniyasi tomonidan taqdim etildi.

Yilning dastlabki olti oyida «Xiaomi» va «Apple» kompaniyalari qurilmalari eng ko‘p sotildi. «Samsung» smartfonlaridan bittasi «TOP-10»ga kirdi.

«Apple iPhone 11»

Birinchi o‘rinda «iPhone 11» — 37,7 mln. dona sotilgan.

«Samsung Galaxy A51»

Ikkinchi o‘rinda — «Samsung Galaxy A51». Olti oyda 11,4 mln. donasi sotildi.

«Xiaomi Redmi Note 8»

Uchinchi o‘rinda — 11 mln. dona sotilgan «Xiaomi Redmi Note 8».

Reytingdagi qolgan barcha o‘rinlarni «Xiaomi» va «Apple» qurilmalari band etdi.

Ta’kidlanishicha, kompaniyalar doim ham ma’lumotlarini ochiqlamagani bois «Omdia» reytingni tuzishda rasmiy ma’lumotlardan foydalanmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring