2030-yilgacha davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishga moratoriy joriy qilinadi

Joriy yil 21-apreldagi «2025 yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida»gi PF-70-son farmon bilan 2025 yilda xususiylashtirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi.
Jumladan, quyidagilar:
- 30 trillion so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotish va kamida 10 trillion so‘m tushumni ta’minlash;
- davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli 115 ta jamiyat ustav kapitalidagi ulushlarni, 659 ta ko‘chmas mulk ob’yektini va 6,1 ming gektar yer uchastkalarini savdoga chiqarish;
- dastlabki bosqichda kamida 30 ta foydali qazilma kon va uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga chiqarish.
Shuningdek, 2030 yil 1 yanvargacha davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishga moratoriy joriy qilinadi.
Maydoni 10 ming metr kvadratgacha bo‘lgan davlat mulki ob’yektlari yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqaradigan tadbirkorlarga 5 yil muddatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tekin foydalanishga beriladi hamda shartnoma shartlari bajarilgan taqdirda ushbu tadbirkorlarga baholangan qiymatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotiladi.
Boshlang‘ich narxini bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi qo‘llangandan keyin ham 1 yildan ortiq muddatda sotilmagan va xaridorlar uchun jozibador bo‘lmagan ko‘chmas mulk ob’yektlari boshqa yuridik shaxslarning ustav kapitaliga ulush sifatida kiritiladi.
Bozorlar va savdo majmualari ustav kapitalida mahalliy davlat hokimiyati organlarining majburiy ishtirok etishi to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter