Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

22 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bojxona bojidan ozod qilindi

22 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bojxona bojidan ozod qilindi

Foto: Xabar.uz

Prezident aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashni qo‘llab-quvvatlash choralari yanada kengaytirilishini ta’kidlagan.

Buning uchun 2023 yil 1 yanvarga qadar:

  • 22 ta turdagi iste’mol va oziq-ovqat mahsulotlari (go‘sht, baliq, sut mahsulotlari, meva, o‘simlik yog‘i) bojxona bojlaridan ozod etiladi;
  • oziq-ovqatni import qilishda bojlarni oshirilgan stavkada qo‘llash to‘xtatib turiladi;
  • davlat xaridlarida oziq-ovqat mahsulotlarini import qilish bo‘yicha cheklovlar vaqtincha bekor qilinadi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining bozordagi narx-navoning asossiz oshirish, raqobatni buzish, bozorga kirishga to‘sqinlik qilish holatlari bo‘yicha vakolatlari kuchaytiriladi.

Viloyat hokimlariga o‘z hududida yetishmaydigan mahsulotlarni import qiluvchi tadbirkorlarga kredit berish, logistika va import qilish bilan bog‘liq barcha jarayonlarda amaliy yordam ko‘rsatish topshirilgan.

Bojxona bojlaridan ozod qilinish narx-navoning pasayishiga olib keladi. Buni keskin arzonlagan va import ko‘paygandan banandan ham bilish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring