Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

226 ta hujjatdan 75 tasida 302 ta korrupsiyaviy omillar aniqlangan

226 ta hujjatdan 75 tasida 302 ta korrupsiyaviy omillar aniqlangan

Foto: Xabar.uz

Adliya vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda qurilish, sog‘liqni saqlash, oliy ta’lim va davlat xaridlari sohalarini tartibga soluvchi 226 ta qonunchilik hujjatlari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilgan. Ta’kidlanishicha, ularning 75 tasida 302 ta korrupsiyaviy omillar aniqlangan.

Bu Prezidentning tegishli qarori loyihasida keltirilmoqda.

Hujjatga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan boshlab ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda jismoniy shaxslar – mustaqil ekspertlarga normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ilmiy va mustaqil ekspertizadan o‘tkazish huquqi beriladi.

Shuningdek, Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi 2022-yildan boshlab normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ilmiy va mustaqil ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha eng yaxshi takliflarning davlat granti tanlovlarini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

Qayd etilishicha, Adliya vazirligi har 6 oy yakunida davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish faoliyatini baholaydi hamda baholash natijalariga ko‘ra ularga nisbatan rag‘batlantirish yoki intizomiy jazo qo‘llash bo‘yicha tegishli davlat organlari va tashkilotlariga takliflar kiritadi.

Unga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari yuridik xizmat xodimlarini lavozim maoshlarining 100 foizi miqdorida bir martalik pul mablag‘lari berish orqali rag‘batlantirish yoki belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortish masalasini ko‘rib chiqadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring