24-sentyabr kuni yurtimizda koronavirus holati biroz yaxshilandi
Shu yilning 24-sentyabr kuni mamlakatimizda 519 holatda kasallik qayd etildi.
Shu bilan birga, bugun 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 447 nafarga yetdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Jizzax, Qashqadaryo, Farg‘ona, Andijon, Navoiy hamda Sirdaryo viloyatlarida 609 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 53 966 nafar bemordan 50 441 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 078 nafar bemordan 548 nafari og‘ir, 469 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter