Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pul evaziga tanishiga ish va’da qilgan hamshiraning ozodligi 2 yilga cheklandi

Pul evaziga tanishiga ish va’da qilgan hamshiraning ozodligi 2 yilga cheklandi

Xorazm viloyati Urganch shaharda fuqaroni 2500 dollar evaziga «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Urganch shahridagi shifoxonasiga ishga joylab qo‘yishni va’da qilgan hamshira 2 yilga qamaldi.

Kecha, 25 sentyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudida Urganch shahar tibbiyot birlashmasi tug‘ruq shifoxonasi reanimatsiya bo‘limi hamshirasi bo‘lib ishlagan G.A.ga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sudda aniqlanishicha, G.A. aldash yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, 2023 yil aprel oyining boshlarida fuqaro I.O.ni «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Urganch shahridagi shifoxonasida yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hamshiralik vazifasiga ishga joylashtirib qo‘yishini, buning uchun yuqori lavozimda ishlovchi tanishiga 2500 AQSh dollari berishi kerakligini aytgan.

Joriy yilning 20 aprel kuni soat 12:30 larda sudlanuvchi Urganch shahar tibbiyot birlashmasi tug‘ruq shifoxonasida I.O.dan 1500 AQSh dollari va 5.500.000 so‘m pullarni olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangan.

Sud hukmiga ko‘ra, G.A. JKning 25,168-moddasi 1-qismi va 28,211-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga JKning 59-moddasi tartibida o‘tash uchun uzil-kesil 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring