O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2939 nafarga yetdi

2020-yil 20-may soat 22:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2939 (+12) nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 7 nafari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar, 5 nafari xorijdan kelgan shaxslar orasidan qayd etildi.
Ayni paytda yurtimizda 2372 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda mamlakatimizda 554 nafar bemor davolanmoqda. Barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter