32 ming dollarga «Diplomatiya»ga o‘qishga va Milliy gvardiyaga ishga joylamoqchi bo‘lganlar ushlandi

Oltinko‘l tumanida fuqarolarni ishga va o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Oltinko‘l tumani bo‘limlari tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar Z.U., Sh.G. (muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan) va K.A.lar oldindan til biriktirib, go‘yoki o‘zlarining Toshkent shahridagi tanishlari orqali fuqaro O.ni Milliy gvardiya tizimiga ishga joylashtirish va fuqaro I.ni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 32 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter