Ko‘p qahva ichmang: 36 yoshli yigit qonida kofein ko‘payib ketganligidan vafot etdi
Angliyaning Piterboro shahrida istiqomat qiluvchi odam kofein dozasini oshirib yuborish oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Qo‘shnisi 36 yoshli Lukash Sandelevskining murdasini uyidan topdi. Polshalik migrant yaqinlari bilan aloqaga chiqmay qo‘yganidan xavotir olgan onasi uning qo‘shnilari bilan bog‘langan.
Murdasini turli ichimliklardan bo‘shagan idishlar qalashib yotgan xonaning o‘rtasidan topishdi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, marhumning qonida juda ko‘p miqdorda — 282 mikrogramm kofein aniqlangan. Taqqoslash uchun — 80 mikrogramm kofein halokatli doza hisoblanadi.
Aftidan, Lukash tarkibida kofein bo‘lgan ichimliklarni atayin ko‘p miqdorda iste’mol qilgan. Ehtimol, u o‘zining ustida tajriba o‘tkazib ko‘rmoqchi bo‘lgandir, lekin bunday ayanchli oqibatga olib kelishini kutmagan bo‘lishi tabiiy. Marhumning qonida kofeindan tashqari alkogol ham aniqlangan, deb yozadi «Independent» nashri.
Sog‘likka zarar yetkazib qo‘ymaslik uchun shifokorlar kuniga 3-5 finjondan ortiq qahva ichmaslikni maslahat berishadi. Diyetologlar esa ushbu ichimlikni umuman oddiy suv yoki ko‘k choy bilan almashtirishni tavsiya etishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter