4 oyda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 23,6 trln so‘mga yetgan

2025-yilning yanvar-aprel oylarida respublikada aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 23,6 trln so‘mga yetdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 2024-yilning mos davriga nisbatan 122,9 foizni tashkil etdi (2024-yilning yanvar-aprelida – 119,8 foiz).
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining umumiy hajmida eng katta hajmni kompyuter dasturlashtirish xizmatlari egallaydi. 2025-yilning yanvar-aprel oylaridagi ulushi 44,9 foizni tashkil etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter