Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 4300 nafarga yaqinlashdi

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 4300 nafarga yaqinlashdi

Foto: Xabar.uz

Bugun poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 16 nafar, 3-sonli tug‘ruq majmuasida esa 1 nafar, jami 17 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uylariga kuzatildi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Tuzalganlarning 5 nafari erkak, 12 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 60 yoshda bo‘lsa, yoshi kichigi 2020-yil tug‘ilgan.

Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 2215 nafarga yetdi.

Shunday qilib, hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 4290 nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring