Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

50 yil avval uchirilgan kosmik kema Yerga qulab tushadi

50 yil avval uchirilgan kosmik kema Yerga qulab tushadi

1970-yillarda Veneraga qo‘nishi kerak bo‘lgan “Kosmos 482” sovet kosmik kemasi tez orada nazoratsiz ravishda Yerga qulab tushishi kutilmoqda, deb yozadi inbusiness.kz The Guardianga tayanib. 

Raketa nosozliklari tufayli orbitadan chiqa olmay, 50 yildan beri sayyorani aylanib yurgan, uning vazni 500 kilogramm atrofida.

U taxminan 10-may kuni Yerga  qulashi aytilmoqda.

Olimlar kosmik kemani hali aniq qayerdaligini bilishmaydi, lekin ular vahima qilmaslikka chaqirishmoqda. Ob’yekt jiddiy shikastlanish uchun juda kichik va uning "birovning boshiga tushishi" ehtimoli chaqmoq urish ehtimolidan past.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring