Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

52 yashar poytaxtlik bemor hayotdan ko‘z yumdi

52 yashar poytaxtlik bemor hayotdan ko‘z yumdi

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashagan 52 yoshli O.T. (erkak)da joriy yil 19 iyul kuni «COVID-19» infeksiyasi tasdiqlangan va Zangiota tumanidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi va ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator disstres sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida tibbiyot mutaxssislari tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring