Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

+57. O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 5 ming nafardan oshdi

+57. O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 5 ming nafardan oshdi

2020-yil 14-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5051 (+57) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 38 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 9 nafari poytaxtimizda aholi orasida, 8 nafari Toshkent viloyatida (shundan 4 nafari aholi orasida, 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan), 2 nafari Sirdaryo viloyatida ( 1 nafari aholi orasida, yana bir nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 3910 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (77 foiz) sog‘aygan.

Bugun shu soatgacha 36 nafar bemor ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lishgan.

Hozirda mamlakatimizda 1122 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring