650 ming so‘m va’da qilingan har xil saytlarga ishonmang!
Ijtimoiy tarmoqlar va telegram-kanallarda O‘zbekiston prezidentining soxta veb-sayt havolasi (www.prezdent.uz-scc.site, www.uz-prezident.oplata-uzcard.com) bilan birga «bolalari bor har bir oilaga 650 000 so‘mdan budjetdan pul ajratilishi» haqidagi xabarlar tarqatilmoqda.
Ushbu feyk havola orqali o‘tgan fuqarolardan esa shaxsga doir hamda plastik karta to‘g‘risida ma’lumotlarni kiritish so‘raladi.
Bu kabi soxta saytlarga kirmang, virtual firibgarlardan ogoh bo‘ling!
Unutmang, aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter