Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

74 yil baxtli turmush kechirgan juftlik bir kunda vafot etdi

74 yil baxtli turmush kechirgan juftlik bir kunda vafot etdi

© Reprodução Facebook/ Victor da Matta

Braziliyalik er-xotin ilk tanishuvi haqida gap ketsa, tasodifiy uchrashganlarini tabassum bilan eslashardi. Yigit barmog‘i uchida zanjirli taqinchog‘ini aylantirayotganda, notanish qizning qo‘liga uchib tushadi. Bu holatdan yoshlar kulishadi va ularning muhabbati shunday boshlanadi.

Ular 1951-yilda turmush qurishganida yigit 20, qiz esa 18 yoshda bo‘lgan va olti farzandni dunyoga keltirishadi, ularning nevara, chevara, evaralari ham bor.

Odileta Alsgeymer (xotira yo‘qolishi) kasalligiga chalinganidan so‘ng, unga mehribon choli  Paskoal g‘amxo‘rlik qilib kelayotgandi. Ammo 2023-yilda Paskoalning o‘ziga dahshatli tashxis qo‘yildi: davolab bo‘lmaydigan ichak saratoni. Keksa er-xotinning yaqinlarining aytishicha, bu xabar Paskoalni juda qayg‘uga solgan, axir xotini usiz qanday yashaydi?  Paskoal Odiletani yolg‘iz tashlab ketmasligi uchun bir kunda so‘ngi manzilga ketishlarini Xudodan so‘ray boshlagan. Va uning duolari ijobat bo‘lganga o‘xshaydi.

Odileta 17 aprel kuni ertalab soat 7:00 da 92 yoshida, Paskoal esa 94 yoshida soat 17:00 da shu xonada vafot etdi. Er-xotin 74 yil baxtli turmush kechirishdi va to‘ylari bo‘lgan sanadan ikki kun o‘tib vafot etdilar. Ularning barcha qarindoshlari bir ovozdan bu film ishlashga loyiq muhabbat hikoyasi ekanligini ta’kidlashdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring