Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

9 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 48,2 mlrd dollarga yetdi

9 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 48,2 mlrd dollarga yetdi

2024-yil yanvar-sentyabr oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 48,2 mlrd dollarga yetdi va 2023-yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 3,5 mlrd dollarga yoki 7,7 foizga ko‘paydi.

Bu haqda Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jumladan:

  • Eksport hajmi 19,8 mlrd dollarga (+11,5 foiz) yetdi. Eksport tarkibida tovarlar 14,8 mlrd dollarni, xizmatlar esa 5 mlrd dollarni tashkil etdi;
  • Import hajmi 28,4 mlrd dollarga (+5,2 foiz) yetdi. Shu bilan birga, 25,8 mlrd dollarlik tovarlar, 2,6 mlrd dollarlik xizmatlar import qilindi.

TSAning eng katta hajmi MDH mamlakatlariga - 16,8 mlrd dollar, YeOII mamlakatlariga - 12,8 mlrd dollar, boshqa davlatlar bilan tovar ayirboshlash - 31,4 mlrd dollarni va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan - 4,7 mlrd dollarni tashkil etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring