Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

+92. Buxoro va Toshkent shahrida aholi orasida koronavirus aniqlandi

+92. Buxoro va Toshkent shahrida aholi orasida koronavirus aniqlandi

2020-yil 26-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7320 (+92) nafarni tashkil etmoqda.

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Yangi kasallanish holatlarining 70 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 20 nafari Toshkent shahrida (shundan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 2 nafari Buxoro viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida) qayd etilgan.

Ayni paytda yurtimizda 4913 (+36) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring