Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bu yil faqat 2016-yilgi natijalarga qaytishimiz mumkin» - Abduhakimov koronavirusning turizmga ta’sirini ochiqladi

«Bu yil faqat 2016-yilgi natijalarga qaytishimiz mumkin»  - Abduhakimov koronavirusning turizmga ta’sirini ochiqladi

Foto: «Xabar.uz»

Marg‘ilondagi Hunarmandlar markazi taqdimotida bir qator rasmiylar OAV vakillari bilan suhbat o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu suhbatda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov koronavirus pandemiyasining O‘zbekiston turizm sohasiga ta’siri xususida ham so‘z yuritdi.

«O‘tgan yili yurtimizga 6 mln 700 ming turist kelgan edi. Shu yilning 1 yanvaridan 15 martigacha 1 mln 200 mingdan ko‘proq turist kelgan edi. Raqamlar yaxshi ketayotgan edi. Yanvarda turistlar salmog‘i o‘tgan yilgiga qaraganda, 30-40 foizga oshgandi. 2019 yil may oyida 496 ming kishi kelgan.

Afsuski, bu yil may oyida bor-yo‘g‘i 400 kishi kelgan. Solishtirib ko‘ring. Joriy raqam turizm deyarli to‘xtaganini ko‘rsatadi. 260 ming kishi ishsiz qoldi. Prezident topshirig‘i bilan ularga yordam berish ko‘zda tutildi. Shuningdek, yordam bo‘yicha yangi qaror loyihasi tayyorlanmoqda.

Bu yil taxminan shu ketishda 2016 yilgi natijaga qaytishimiz mumkin. O‘sha yili 1 mln 300 ming turist kelgan», - deya ta’kidladi Turizm qo‘mitasi rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring