Abramov iste’foga chiqarildi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov rasman iste’foga chiqarildi. Bu haqda O‘FA navbatdagi tashqari kongressida ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi o‘z tarixida ilk marta JCh saralashini ikkinchi bosqichdayoq yakunlagandi.
Endi Osiyo chempionati-2023 saralashida terma jamoani boshqa murabbiy boshqaradi. Hozircha Abramovning o‘rnini kim egallashi aniq emas.
Kongressda O‘FA prezidenti Abdusalom Abduazizov holatga munosabat bildirib, «murabbiy futbol agenti bo‘lishi mumkin emas. Afsuski, bizda hozirda bunday holatlar mavjud. Murabbiy agent bo‘lganidan keyin albatta o‘zining futbolchisini reklama qilish uchun tarkibga kiritadi», dedi.
Avvalroq Odil Ahmedov terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter