Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Advokatsiz IIO bo‘limiga borishni istamagan shaxs haqida ma’lumot berildi

Advokatsiz IIO bo‘limiga borishni istamagan shaxs haqida ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar xodimlari bir fuqaroni majburan ichki ishlar bo‘limiga olib borishga urinayotgani tasvirlangan video tarqab ketgan edi. Videoda fuqaro advokatisiz hech qayerga bormasligini bot-bot takrorlaydi, ammo IIO xodimlari uni majburan mashinaga o‘tkazishga urinadi.

Ushbu holat yuzasidan IIBB tomonidan bayonot berildi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Chilonzor tumani IIO FMB xodimlari Yunusobod tumanida fuqaroni ichki ishlar organlariga yetkazish uchun xizmat avtomobiliga o‘tqizishga harakat qilishayotgani tushirilgan. Fuqaro esa qarshilik ko‘rsatib, advokat taklif etilishini talab qilgan. Shu bilan birga videoning matnida boshqa fuqarolar ham qayd etilgan bo‘lib, ulardan biri ilgari mol sotib olish uchun undan pul olgan va molni ham, pulni ham qaytarib bermagan shaxsga nisbatan chora ko‘rishni so‘rab ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilgan edi.

Mazkur fakt bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz. Joriy yilning 28 may kuni Chilonzor tumani IIO FMBga kelib tushgan arizada, I.M. mol sotib olishni bahona qilib undan katta miqdorda pul olgan, ammo va’dasida turmasdan, pulni ham qaytarib bermagan shaxslarga nisbatan chora ko‘rishni so‘rardi.

Shu munosabat bilan kelib tushgan ariza bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish maqsadida Yunusobod tumanida yashovchi Dilshod I.ga joriy yilning 10 iyun kuni Chilonzor tumani IIO FMBga 11 iyun kuni yetib kelish haqida chaqiriqnoma berildi. Shu bilan birga chaqiriqnoma berish vaqtida unga chaqiruv sababi ham tushuntirilgan.

Dilshod I. Chilonzor tumani IIO FMBga chaqiruvni mensimaganligi sababli, Chilonzor tumani IIO FMB 1-son ichki ishlar bo‘limi xodimlari Dilshod I.ning turar joyiga borib, uni ichki ishlar organlariga yetkazishga majbur bo‘lishgan.

Hozirgi vaqtda to‘plangan ma’lumotlar dastlabki tergov organlariga qonuniy chora ko‘rilishi uchun yo‘naltirilgan.

Dilshod I.ni qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda», — deyiladi bayonotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring