Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘on rasmiylari Tojikistonga IShIDchilar Afg‘onistondan o‘tmaganini ma’lum qildi

Afg‘on rasmiylari Tojikistonga IShIDchilar Afg‘onistondan o‘tmaganini ma’lum qildi

6 noyabr kuni Tojikistondagi chegara zastavasiga hujum qilgan jangarilar afg‘on-tojik chegarasidan o‘tmagan. Bu haqda «Nezavisimaya gazeta» Afg‘oniston kuch tizimlaridagi mutasaddilarga tayangan holda xabar tarqatganini «Azon.uz» ma’lum qildi.

Afg‘on mutasaddilarining aytishicha, terrorchilar guruhining izini Afg‘onistondan boshqa joyda izlash kerak.

Tojik-o‘zbek chegarasi yaqinidagi «Ishqobod» chegara zastavasiga hujum qilgan 20 nafar niqobli kishi IShID jangarilari bo‘lganini Tojikiston milliy xavfsizlik qo‘mitasi ma’lum qildi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, jangarilar Tojikistonga qo‘shni Afg‘onistondan o‘tgan. Jangarilar bilan to‘qnashuvda ulardan 15 nafari o‘ldirilgan, 5 nafari qo‘lga olingan. Bir chegarachi va bir militsioner halok bo‘lgan.

Biroq afg‘onistonlik mutasaddilar jangarilar o‘tgani aytilgan Qal’ai Zol uyezdi (Qunduz viloyati)da chegara har ikki tomondan ham yaxshi qo‘riqlanishini aytgan. Ularning ta’kidlashicha, chegaradan yigirma kishi tugul bir kishi o‘tsa ham, chegarachilarning nazaridan chetda qolmaydi. Bundan tashqari, Qal’ai Zoldagi chegara uchastkasi noqonuniy kesib o‘tish uchun juda noqulay: narigi tomonga o‘tish uchun Panj daryosini kechib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Bu esa yigirma kishilik guruh uchun o‘ta mushkul ish.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring