Afg‘onistonda maktab portlatildi, yetti kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston sharqidagi Xost viloyatidagi maktabda sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘ldi, 15 dan ortiq kishi jarohatlandi.
Bu haqda RIA Novosti xavfsizlik agentliklaridagi manbasiga asoslanib xabar berdi.
Afg‘oniston Muvaqqat hukumati ma’lumotiga ko‘ra, maktabda qo‘l granatasi portlatilgan. ALJazeera telekanalining xabar berishicha, qurbonlarning barchasi maktab o‘quvchilari, yaradorlar kasalxonaga yotqizilgan, ba’zilarining ahvoli og‘ir.
Hozircha hech kim portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter