Afg‘onistonda internet butunlay o‘chirildi

Tolibon hukumati kecha, dushanba kuni Afg‘onistonni internetdan butunlay uzib qo‘ydi. Bu haqda NetBlocks xalqaro internet monitoringi xizmati xabar berdi.
Hukumat mamlakat aholisini g‘ayriaxloqiy kontentdan himoyalash maqsadida ushbu chorani qo‘llagan.
«Afg‘oniston internetni o‘chirish bo‘yicha Shimoliy Koreya bilan raqobatda rasman birinchi o‘rinni egalladi», — deb yozdi voqeaga javoban Afg‘onistonning 1TV yangiliklar telekanali sobiq bosh muharriri Hamid Haydariy X tarmog‘ida joylagan postida.
Eslatib o‘tamiz, o‘n kuncha avval Afg‘onistondagi davlat muassasalarida yuqori tezlikdagi va simsiz internet o‘chirilgan, shuningdek, davlat xizmatchilariga ish joyida smartfonlardan foydalanish taqiqlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter