Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xarita: Afg‘onistonda siyosiy vaziyat qanday tus olmoqda?

Xarita: Afg‘onistonda siyosiy vaziyat qanday tus olmoqda?

Kundan kunga «Tolibon» hujumlari va g‘alabalari ko‘payib borayotgan Afg‘onistonda vaziyat qanday?  Mamlakat siyosiy hayotini aks ettiruvchi xarita namoyish etildi. 

Ko‘rish mumkinki, mamlakat hududining katta qismi jangarilar nazoratida. Poytaxt va ayrim viloyat markazlarigina hukumat tasarrufida qolgan. 

Ta’kidlash joizki, harakat uch kun ichida oltita yirik shaharni egallab oldi (jumladan o‘zbeklarning tayanch shaharlaridan biri bo‘lgan Shiburg‘onni). 

Avvalroq, «Tolibon» Afg‘oniston chegaralarining to‘qson foizini egallaganini da’vo qilib chiqqandi. 

So‘nggi xabarlarga qaraganda, toliblar mamlakat shimolidagi yirik shaharlardan biri bo‘lgan Mozori-Sharifga hujum qilmoqdalar. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring