Afg‘onistonda zilzila qurbonlari soni 12 nafarga yetdi

Bugun, 17-yanvar kuni Afg‘oniston shimoli-g‘arbida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohat oldi, bu haqda «Sinxua» agentligi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, qurbonlar soni oshishi mumkin. Ayrim uylarga shikast yetgan.
Magnitudasi 5,6 ballgacha yetgan zilzila markazi (epitsentri) 272 ming aholi yashovchi Hirot shahridan shimoli-sharqda, 154 km. olisda joylashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter