Aholi jon boshiga YaIMning o‘sishi sekinlashdi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot 3,6 foizga o‘sdi.
Ushbu ko‘rsatkich 2021-yilning mos davrida 5,3 foizga o‘sgan edi. Taqqoslash uchun, joriy yilda aholi jon boshiga YaIMning o‘sishi o‘tgan yilning mos dariga nisbatan 1,7 foizga sekinlashgan.
Yillar kesimida aholi jon boshiga YaIMning o‘sish (kamayish) sur’atlari:
— 2018-yil yanvar-sentyabr – 3,8 foiz;
— 2019-yil yanvar-sentyabr – 3,7 foiz;
— 2020-yil yanvar-sentyabr – -1,4 foiz;
— 2021-yil yanvar-sentyabr – 5,3 foiz;
— 2022-yil yanvar-sentyabr – 3,6 foiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter