Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari haqida sharh berildi

Aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari haqida sharh berildi

Foto: «Xabar.uz»

2020-yil 5-oyi davomida tijorat banklari tomonidan 23 438 nafar jismoniy shaxslarga 3,5 trln. so‘m miqdorida (2019-yilning mos davriga nisbatan 1,5 trln. so‘mga ko‘p) ipoteka kreditlari ajratilgan. Bu haqda Markaziy bank shahrida ma’lum qilindi.

Mazkur davr mobaynida ajratilgan ipoteka kreditlari Toshkent shahrida 1 683,7 mlrd. so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 369,3 mlrd. so‘mga ko‘p), Samarqand viloyatida 304,5 mlrd. so‘m (218,2 mlrd. so‘mga ko‘p), Surxondaryo viloyatida 196,0 mlrd. so‘m (87,1 mlrd. so‘mga ko‘p), Jizzax viloyatida 148,3 mlrd. so‘m (37,3 mlrd. so‘mga ko‘p) hamda Sirdaryo viloyatida 104,3 mlrd. so‘mni (23,8 mlrd. so‘mga ko‘p) tashkil etib, eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari qayd etildi.

Shuningdek, ipoteka kreditlari tarkibida imtiyozli asosda (qayta moliyalash stavkasi doirasida) ajratilgan kreditlar ulushi 57,6 foizni (2,04 trln. so‘m), bozor foizlarida ajratilgan kreditlar ulushi esa 42,4 foizni (1,5 trln. so‘m) tashkil qiladi.

2020 yilning 5 oyi mobaynida yangi tartib asosida 828 nafar fuqarolarga umumiy qiymati 159,6 mlrd. so‘m miqdoridagi ipoteka kreditlari ajratildi. Ipoteka kreditlarining 92,1 mlrd. so‘mi (57,7 foizi) 2 xonali kvartira,  67,5 mlrd. so‘mi esa (42,3 foizi) 3 va undan ko‘p xonali kvartiralarni sotib olish uchun berilgan.

Ajratilgan mazkur ipoteka kreditlarining eng yuqori hajmi 24,3 mlrd. so‘mi (15,2 foizi) Farg‘ona viloyati, 23,0 mlrd. so‘mi (14,4 foizi) Navoiy viloyati, 21,6 mlrd. so‘mi (13,5 foizi) Toshkent shahri hamda 21,0 mlrd. so‘mi (13,1 foizi) Surxondaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring