Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AI-80 rusumli avtobenzin aksiz solig‘idan ozod qilindi — Prezident qarori

AI-80 rusumli avtobenzin aksiz solig‘idan ozod qilindi — Prezident qarori

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «AI-80 rusumli avtobenzin mahsulotini aksiz solig‘idan ozod qilish bo‘yicha» qarori qabul qilindi.

Qarorda quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • 2022-yil 10-dekabrdan 2023-yil 1-martga qadar import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun, istisno tariqasida, aksiz solig‘ini «nol» stavkada qo‘llash.

Natijada AI-80 rusumli avtobenzin mahsulotining chakana narxi amaldagi narxlarga nisbatan o‘rtacha 8,7 foizga kamayishi prognoz qilinmoqda.

Shuningdek, aksiz solig‘ining vaqtincha qo‘llanilmasligi natijasida aholi va tadbirkorlar ixtiyorida 213,7 mlrd so‘m mablag‘ qoladi.

  • 2022-yil 10-dekabrdan 2023-yil 1-aprelga qadar «O‘zneftgazinspeksiya» va «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan, istisno tariqasida, Biznes ombudsman bilan kelishilmasdan tadbirkorlik subyektlarini ularning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga aralashmagan holda energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlarini tekshirishga ruxsat berilmoqda.
  • Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi o‘tkaziladigan tekshiruvlar natijalari bo‘yicha avtobenzin mahsulotlarining ortiqcha yo‘qotishlariga va talon-tarojliklarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan jazo choralarini qo‘llash, shuningdek, ularning faoliyatiga huquqiy baho berish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnomalar kiritib boriladi.

Ushbu qarorning qabul qilinishi, kuz-qish mavsumida iste’molchilarning avtobenzin mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida ta’minlash, ularning narxlarini barqarorlashtirish hamda aholining ortiqcha sarf-xarajatlarini qisqartirishga olib keladi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring