Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Akademik Temurbek Usmonov vafot etdi

Akademik Temurbek Usmonov vafot etdi

Foto:«Uza.uz»

Fizik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Temurbek Usmonov 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

T.Usmonov 1942-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1967-yili Moskva davlat universitetini tugatib, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutida stajyor-tadqiqotchi sifatida ish boshladi.

2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylandi.

U o‘zining qariyb 60 yillik ilmiy pedagogik va tashkilotchilik faoliyati davomida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutida katta ilmiy xodim, Elektronika (hozirgi Ion-plazma va lazer fizikasi) instituti laboratoriyasi mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi yirik ilmiy loyihalar bo‘yicha ekspert kengashi raisi, Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer fizikasi instituti bosh ilmiy xodimi va laboratoriya mudiri lavozimlarida  mehnat qildi.

Olim 400 dan ortiq ilmiy maqolalar, 4 ta monografiya, 16 ta patent muallifi bo‘lib, 150 dan ziyod ilmiy maqolalari xalqaro nufuzli jurnallarda chop etilgan edi.

Xabar.uz marhumning yaqinlariga ta’ziya bildiradi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring