Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri «Veon Group» bosh ijrochi direktori Shell Morten Yonsen bilan uchrashdi

AKT vaziri «Veon Group» bosh ijrochi direktori Shell Morten Yonsen bilan uchrashdi

Foto: AKT vazirligi axborot xizmati

Bugun, 10-oktyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov «Veon Group» kompaniyasining bosh ijrochi direktori Shell Morten Yonsen bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Foto: AKT vazirligi axborot xizmati

Uchrashuvda tomonlar «Beeline» kompaniyasining O‘zbekiston mobil aloqa bozorida yangi texnologiyalarni joriy etish, shuningdek mamlakat ijtimoiy hayotidagi faol ishtirokiga doir muvaffaqiyatli ish tajribasini e’tirof etdilar.

Muloqot davomida zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlarini joriy etish, xususan, to‘rtinchi avlod tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekistonda telekommunikatsiya taraqqiyotining yuqori darajaga ko‘tarilayotganin qayd etgan holda, «Veon» rahbari zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha investitsiya dasturini yanada kengaytirish niyatida ekanligini bildirdi.

«Unitel» MChJ va «Buzton» QK MChJ (Beeline savdo belgisi) «VEON Ltd.» kompaniyalari guruhiga kiradi. Ushbu kompaniya 235 milliondan ortiq abonentga xizmat ko‘rsatuvchi global aloqa provayderi hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring