Aleksey Xen Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi
Xen Aleksey Fedorovich Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari - Raqamli rivojlanish departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi.
Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Aleksey Xen 1983-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2005 yilda Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi TDYuU) tamomlagan.
Hozirga qadar Toshkent shahar hokimligi huzuridagi «Raqamli rivojlanish departamenti» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktorining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter