Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alen Delon: «Men ketyapman, barchaga rahmat!» (video)

Alen Delon: «Men ketyapman, barchaga rahmat!» (video)

Foto: «RT»

«Euronews» xabar berishicha, Kann kinofestivalida fransuz kinoyulduzi, 83 yoshli Alen Delonga kinematografga qo‘shgan hissasi uchun «Oltin palma shoxi» topshirildi. Aktyor mukofotni o‘z qizi, aktrisa Anushkadan qabul qilib olarkan, ko‘z yoshlarini to‘xtatib qola olmadi.

Delon 90 dan ortiq filmlarda suratga tushgan, biroq Kannda uni bironta mukofotga loyiq topishmagandi.

«Endi ish boshlaganimda o‘zingga yoqqan ish bilan shug‘ullanish qiyin bo‘ladi, deyishgandi. Ammo bunday emas. Chin mashaqqat — e’tibordan qolmaslik. Men 62 yil mobaynida buni uddaladim. Endi yana bir og‘ir ish qilmoqchiman — ketish. Men ketyapman, barchaga rahmat!», — dedi aktyor.

Kann festivali tashkiliy qo‘mitasi rahbari Terri Fremo Alen Delonga «sayyoraviy ko‘lamdagi tirik afsona» deya ta’rif berdi.

Ma’lumot uchun: Alen Delon «Tutilish» (rej.: Mikelanjelo Antonioni, 1962), «Qizil doira» (rej.: Jan-Per Melvill, 1970), «Basseyn» (Jak Dere, 1968), «Yorqin quyoshda» (rej.: Rene Kleman, 1960) filmlarida suratga tushgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring