Aliment uchun ushlangan ota yo‘llardagi «ashaddiy qoidabuzar» bo‘lib chiqdi

Namanganda aliment qarzdorligi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan shaxs yo‘l harakati qoidalarini ham muntazam buzib kelganligi aniqlandi. Mazkur shaxs nafaqat farzand oldidagi burchi, balki avtotransportida ham ancha-muncha qarzi yig‘ilib qolgan.
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari va yo‘l harakati inspektorlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi reyd davomida ushlangan ushbu shaxs bir necha yildan buyon farzandiga tegishli aliment to‘lovlarini amalga oshirmagan. Bundan tashqari, u boshqaruvida bo‘lgan avtotransport vositasiga 15 marta qoidalarni buzganligi uchun jarimalar qo‘llanilgan, biroq to‘lamagan.
Tadbir davomida transport vositasi jarima maydonchasiga, alimentdan qarzi bor haydovchi esa MIB organlariga olib kelindi.
Hozirda qarzdorga nisbatan farzandi moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlagani uchun ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan harakatlar olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter