Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerika-Afg‘oniston: Putin nimadan norozi?

Amerika-Afg‘oniston: Putin nimadan norozi?

Foto: «WSJ»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Jenevada AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashuvda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarga Amerika qo‘shinlarini joylashtirishga qarshi chiqdi. Bu haqda The Wall Street Journal o‘z manbalariga asoslanib ma’lum qildi.

Muallif Maykl Gordonning so‘zlariga ko‘ra, bu pozitsiya Kremlning Markaziy Osiyo mamlakatlarida o‘z pozitsiyasini saqlab qolish istagi bilan bog‘liq. Bu AQShning mintaqada dronlardan foydalanish imkoniyatlarini cheklab qo‘ydi.

«Bu muammo Afg‘oniston hukumati va armiyasining qulashi bilan yanada kuchaygan», deyiladi maqolada.

Endi amerikaliklar Qatardagi bazalar va Fors ko‘rfazida joylashgan kemalardan foydalanishi kerak bo‘ladi, bu esa operatsiyalar narxini sezilarli darajada oshiradi.

Manbalarning ta’kidlashicha, Putin amerikalik hamkasbining diqqatini Markaziy Osiyoda askarlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligiga qaratgan.

Ilgari Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi bazalardan foydalangan, lekin ularni tegishli ravishda 2005 va 2014-yillarda ushbu hududlarni tark etgan.

Shu yilning iyun oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Jenevada Amerika rahbari Jo Bayden bilan uchrashdi. Sammitda strategik barqarorlik, kiberxavfsizlik, savdo, Arktika, Suriya va boshqa mintaqalardagi vaziyat muhokama qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring