Amerika qiruvchi samolyoti kemadan Qizil dengizga tushib ketdi

AQShning USS Harry S. Truman aviatashuvchisi (kemasi)dan F/A-18E Super Hornet qiruvchi-bombardimonchi samolyoti Qizil dengizga tushib ketdi.
Rasmiy bayonotga ko‘ra, samolyotni buksirovka qilish paytida jamoa nazoratni yo‘qotgan va F/A-18E shatak mashinasiga qo‘shilib dengizga qulagan. Ekipajning bir a’zosi yengil jarohat olgan.
AQSh harbiy-havo kuchlari hodisa yuzasidan ish ochgan.
Internetdagi ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, F/A-18E Super Hornet qiymati — 56 mln dollar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter