Amerikalik erkakni MRT qurilmasi tortib ketdi

AQShning Nyu-York shtatidagi Vestberi klinikasida 61 yoshli erkakni MRT apparati tortib ketdi. Bu haqda ABC telekanali xabar berdi.
Erkak olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Nassau okrugi politsiyasi xabariga ko‘ra, baxtsiz hodisa yuz bergan paytda erkakning bo‘ynida metall zanjir bo‘lgan. U ko‘rik o‘tkazilayotgan xonaga ruxsatsiz kirgan va ishlab turgan qurilma uni o‘ziga tortib olgan. WABC telekanali aniqlik kiritishicha, hodisa qurboni klinika bemori bo‘lmagan, bu yerga tanishi bilan kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter