Amerikalik mashhur aktyor vafot etdi

Amerikalik aktyor Julian Makmexon 57 yoshida vafot etdi.
"Sevimli turmush o‘rtog‘im Julian Makmexon saraton kasalligiga qarshi qahramonona kurashdan so‘ng shu hafta tinch hayotdan ko‘z yumganini butun dunyo bilan baham ko‘rmoqchiman”, dedi uning ayoli.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Makmexon 2-iyul kuni Florida shtatining Kliruoter shahrida vafot etgan.
Aktyorning rafiqasi turmush o‘rtog‘ining vafoti munosabati bilan uni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildirdi va muxlislardan motam paytida oila a’zolarini bezovta qilmaslikni so‘radi.
Julian Makmexon "Tana qismlari", "Sehrlangan", "FBR: juda xavfli" filmlaridagi bosh rollari tufayli mashhurlikka erishdi va 2005-yilda "Fantastik to‘rtlik" filmida Doktor Dum rolini o‘ynadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter