Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amiti universiteti: italiyalik mashhur olimning ma’ruzasiga taklif etamiz!

Amiti universiteti: italiyalik mashhur olimning ma’ruzasiga taklif etamiz!

Toshkent shahridagi Amiti universitetida dunyo bo‘ylab eng yetuk mutaxassis olimlarni jalb etgan holda «Xalqaro professor-o‘qituvchilar muhokamalari forumi»ning 2-turkum dasturi bo‘lib o‘tadi.

Ma’ruzani italiyalik mashhur olim Vinchenso Pyuri «Turli xil texnologiyalar taklif etayotgan imkoniyatlardan foydalanib, aqlli muhitni qanday yaratish mumkin?» mavzusida olib boradi.

Vinchenso Pyuri – IEEE xodimi va ACMning taniqli olimi hisoblanadi. U axborotni qayta ishlash sohasidagi faoliyati bilan mashhur bo‘lib, sun’iy intellekt, hisoblash intellekti, signal tasvirni qayta ishlash, biometriya, sanoat ilovalari, o‘lchov tizimlari, arifmetik birliklar va xatolarga bardoshli arxitekturalarga alohida e’tibor qaratgan.

Vinchenso Pyurining hozirgi kungacha qo‘lga kiritgan yutuqlari va mukofotlari tahsinga loyiqdir, u xalqaro jurnallar va konferensiyalarda 400 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr etgan. Hozirda u muhandislik sohasidagi eng yaxshi italyan olimlaridan biri sifatida qayd etilgan.

Toshkent shahridagi Amiti universitetida ushbu turkumdagi dasturlarni yo‘lga qo‘yishdan maqsad, Respublikada olimlari faoliyatini rag‘batlantirish va ularning dunyoning eng ko‘zga ko‘ringan mutaxassislari bilan muhokamalarini tashkil etish, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish darajasi va sifatini yanada oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

Shu munosabat bilan, ta’lim sohasidagi barcha xodimlarni va ushbu yo‘nalishga qiziqqanlarni 30 sentabr kuni 14:30 da Amiti universitetiga taklif etib qolamiz.

Ishtirok etish bepul.

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak ko‘chasi 70-uy.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring